Van Deyk: "Biz o‘yin rejasini a’lo darajada bajardik"

  • 5 noyabr, 11:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" sardori Virjil Van Deyk Chempionlar ligasida "Real Madrid" ustidan (1:0) qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Uchrashuv katta kuch va energiya talab qildi. Raqib tarkibida yuqori mahoratga ega futbolchilar borligini yaxshi bilamiz. Ularning qaysi jihatlarda kuchli ekanini ham yaxshi tushunamiz. Ular imkoniyatdan qanday foydalanishni biladi – buni so‘nggi haftalarda ham ko‘rdik. Shu sababli o‘yinning har bir lahzasida aniqlik va diqqat zarur edi.

Menimcha, biz o‘yin uchun tayyorlangan rejani a’lo darajada bajardik", – dedi niderlandiyalik himoyachi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!