Vadim Abramov: O‘zimizni o‘zimiz qo‘rqitib qo‘ydik

  • 1 mart, 2024, 21:57
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

"Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov "Navbahor"ga qarshi o‘yindan keyin matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berib o‘tdi.

Tecno

– Qanday o‘yin bo‘lganini hammangiz ko‘rdingiz. Uchrashuv menga yoqmadi, futbolchilarimni tanimadim. Samarqanddan bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislar oldida uzr so‘rayman. Ular bizdan ko‘prog‘ini kutishgandi. Har bir jamoa raqibdan kelib chiqib o‘ynaydi. Demak, "Navbahor" bizga o‘ynashga bermadi. Bahs biz uchun omadsiz o‘tdi, desa ham bo‘ladi. O‘zimizni o‘zimiz qo‘rqitib qo‘ydik. Keyingi o‘yinlarda yaxshilanib boramiz.

Ikki xil taym guvohiga aylandik. Birinchi bo‘limda umuman o‘zimizga o‘xshamadik. O‘yindan avval qarshi hujumda o‘ynashni reja qilgandik. Ammo himoyachilarimiz hujumda bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘yinchilarni ham himoyalanishga majbur qildi. Bu o‘z-o‘zidan o‘yinimizga ta’sir ko‘rsatdi. Har doim himoyalanish juda qiyin. Ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlar amalga oshirdik. Lekin baribir gol o‘tkazib yubordik. Qo‘pol xatolarimiz gol olib keldi. 

Hisob 2:1 vaqtida kurashib ko‘rsak bo‘lardi. Ammo VAR aralashgach penalti va gol. O‘ylashimcha ikki futbolchi ham to‘p uchun kurashgandi. Qaysi biri birinchi ushlab olgani ko‘rinmagan. Hakam oxirgi vaziyatni ko‘radi. Nimadir deyish qiyin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
M 1404
02/03/2024 05:45
Klassda yutib keti
&
SportsNasaf
02/03/2024 00:33
Hakam ham rosa chopdi Dinamoni,Qatar bizni chopganday
Искандар Нарзикулов
01/03/2024 22:52
Иккала голга хам дарвозабон гунохкор мушти билан чикиб бошка томонга уриб йубориш керак эди иккинчи голни ракиб уйинчисини ойогига ташлаб куйди хозирдан йана эски урнимизни олдик бу ачинарли холат