Usik - Fyuri jangida kim favorit? Chjiley bu savolga javob berdi

  • 7 yanvar, 2024, 22:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super og‘ir vaznda WBO bo‘yicha vaqtinchalik chempion Chjan Chjiley Aleksandr Usik(21-0, 14 KO) va Tayson Fyuri(34-0-1, 24 KO) o‘rtasidagi bo‘lajak jangdagi umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Kim g‘alaba qozonishini bilmayman. Bu jangda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Hattoki, agar kimdir tayyor emasligini his qilsa, jang bekor qilinishi ham hech gap emas. Frensis Ngannu bilan jang Fyuri uchun qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Agar u Usikka Ngannu bilan bo‘lgan jangdagidek tayyorgarlik ko‘rsa, Fyurini katta muammolar kutadi. Ayni paytda men Usikni mahorati va boksga fidoyiligi hisobga olgan holda, uning g‘alaba qozonishga ko‘proq ishonyapman", — deya Chjileyning so‘zlarini keltiradi BoxingScene.

Eslatib o‘tamiz, ukrainalik va britaniyaliklar o‘rtasidagi uchrashuv 17 fevral kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!