Ushbu transfer "Milan"ni ancha kuchaytiradi
"Milan" "Chelsi" yarim himoyachisi Hakim Zieshni o‘z tarkibiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda.
Jurnalist Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, klublar ikki hafta avval ehtimoliy transfer masalasida muzokaralarni boshlagan. Ziesh "Milan"ga o‘tishni istaydi, "aristokratlar" ustozi Tomas Tuxel esa uni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan.
Nemis mutaxassisi uni sotib yuborish yoki ijaraga berish borasida qarorni klub qabul qilishini istamoqda.
O‘tgan mavsumda marokashlik o‘yinchi "Chelsi" safida jami 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol hamda 6 ta samarali uzatma muallifiga aylangan.



Fikrlar