
Uni hatto "Real" muxlislari ham olqishlagan. Ronaldino 40 yoshga to‘ldi
Bugun braziliyalik mashhur futbol yulduzi Ronaldino o‘zining 40-bahorini qarshi oldi. U futbolchilik faoliyatini "Gremio" safida boshladi va 1998 yilgi mavsumda debyut qildi.
2001 yilda esa yosh iqtidor sohibini PSJ qo‘lga kiritdi. Uch yildan so‘ng esa 30 mln evro evaziga "Barselona" xarid qildi.
Aynan kataloniyaliklar safida qahramonimiz katta yutuqlarga erishdi. Ikki marta Ispaniya chempioni bo‘ldi va kubogini qo‘lga kiritdi. Bir marta esa EChLda zafar quchdi.
Keyinchalik "Milan"ga o‘tib, u erda "rossonerilar" bilan A Seriyada chempion bo‘ldi. Shundan so‘ng "Flamengo", "Atletiko Mineyro", "Fluminense" va Meksikaning "Keretaro" klubida to‘p surdi.
Braziliya terma jamoasi safida 2002 yil jahon chempioni bo‘ldi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan Amerika kubogi va Konfederatsiyalar kubogi g‘olibi bo‘ldi.
2005 yil "Oltin to‘p" sohibi bo‘lgan Ronaldino 2018 yilda futbolchilik faoliyatga yakun yasadi.
Hozir esa o‘sha mashhur futbol yulduzi - Ronaldino qalbaki passport tufayli akasi bilan birga Paragvayda qamoqxonada bo‘lib turibdi.
Quyida uning ijrosidagi ajoyib harakatlar va gollar aks etgan videolavha bilan tanishish imkoniga egasiz.
Fikrlar