Unai Emeri: "Napoli"ga qarshi alohida reja ishlab chiqqan edik

  • 12 aprel, 2019, 11:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri kecha Evropa ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Napoli"ga (2:0) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Biz “Napoli”ga qarshi o‘yin uchun to‘pni nazorat qilish bo‘yicha ulkan hajmdagi rejani ishlab chiqqan edik. Natijada raqib birinchi bo‘limda bor yo‘g‘i 1ta, ikkinchi bo‘limda esa 2ta vaziyat yarata oldi xolos. Kecha biz uchinchi golni urishimiz ham mumkin edi deb hisoblayman.

Endi mehmonda hammasi boshqacha bo‘ladi. Shu bois biz ushbu o‘yinda kontsentratsiyani yo‘qotmasligimiz lozim”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Napoli” – “Arsenal” o‘rtasidagi javob bahsi 18 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!