"Uloqni kim ilib ketadi", Xoakin Bakli yoki Kolbi Kovington? (Tahlil)

  • 14 dekabr, 2024, 14:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

 Jangdan oldin OAVning yirik vakillari Xoakin Bakli bu jangda yutish uchun juda kuchli ustunlikka ega deya qarashmoqda. Aslida, vaziyat biz o‘ylaganimchalik Kolbi Kovingtonning zarariga ishlaydigan, shaxmat tili bilan aytganda "zugzvang" holatida emas.

Visente Lyuke bilan jangni Bakli katta ustunlik bilan yutgan bo‘lsa-da, birinchi raundning epizodlaridan birida teykdaunga intilgan Lyuke ustunlikni rivojlantira olmagani sababdan, o‘z pozitsiyasini boy bergandi. 

Kovington ancha oldindan aytsa bo‘ladigan uslubda kurashga intilsada, unda Lyukedan yaxshiroq elementlar arsenalida mavjud va Lyukedagi imkon unda tug‘ilib qolsa "New Mansah"ning yutuqqa bo‘lgan yo‘lini toraytirish ehtimoli yuqori. Ha, o‘rta vazndan yarim o‘rta vaznga tushgan Xoakinda fizik ustunlik har bitta jangida yaqqol sezilmoqda, ammo, jang 5 raundlik ekanligi men aytayotgan taxminni so‘nggi raundlarda ko‘proq istiqbolli amalga oshishi ehtimolini oshiradi.

Bakli esa, bu vaznga tushgandan keyin qandaydir ma’noda kardio bilan bog‘liq muammolaridan sal uzoqlashgandek va ko‘proq sifatli atletga aylana borayotganini ko‘rmoqdamiz. Shuningdek, dastlabki raundlardagi portlovchi kuchga ega va stoyka masalasida ham o‘z ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yib olgan Xoakin Kovington uchun haqiqiy ma’noda dastlabki raundlarda xaos yaratib bera oladi. Fikrimcha jangda Bakli qisman ustun, imkoniyatlar u darajada ikki tarafdan biriga og‘ir tosh bosib ketmagan. Ammo, Kolbi kardio va so‘nggi raundlardagi kuchli pressingini bu safar ham ishlata olsa, chempionlik raundlaridagi ustunlik evaziga uloqni ilib ketishi mumkin.

                                                                                                                                                                                                                                                                                                           Mahmudjon Jabborov tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!