Safdan chiqqan yulduz o‘rniga uch nomzod!

  • 28 noyabr, 2021, 08:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” chap qanot himoyachisi Ben Chiluellning jarohati kutilganidan og‘ir bo‘lib chiqdi va Tomas Tuxelning ishongan shogirda uzoq muddat jamoaga yordam berolmaydi. Mutasaddilari zudlik bilan uning o‘rnini bosadigan o‘yinchi qidira boshladi.

Tecno

Qishki transferlar oynasi ochilishiga qisqa muddat qolgani ularni terzroq harakat qilishga undamoqda.

Mutaxassislar Ben Chiliuellning o‘rnini bosa oladigan uch nafar nomzodga e’tibor qaratishni tavsiya qilmoqda. Hozir ular boshqa klublar uchun to‘p tepyapti.

Demak, “Chelsi” taklif yuborishi mumkin bo‘lgan “Atalanta” va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Robin Gosens 32 million funtga baholanmoqda.  “Ayaks”da o‘ynayotgan Argentina terma jamoasi vakilini qisqa muddat va arzon narxga transfer qilish mumkin. Uchinchisi, “Chelsi”ga begona emas. U klub tizimida turli yoshdagi jamoalarda 10 yil o‘ynagan Rayan Bertranddir.

2015 yilda “Sautgempton”ga o‘tib ketgan himoyachi joriy mavsum oldidan “Lester”ga erkin agent sifatid qo‘shildi. U Angliya terma jamoasi a’zosi ham hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!