
Ukrainalik bokschilar Rossiyadagi Jahon chempionatida ishtirok etishadi
Ukraina terma jamoasi Ekaterinburgda bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi.
Bu haqda Rossiya boks federatsiyasi Bosh kotibi Umar Kremlyov ma’lum qildi:
"Ukraina jamoasi Ekaterinburgda bo‘lib o‘tadigan jahon kubogida ishtirok etishlarini tasdiqladi. Ukrainaliklar sakkizta vazn toifasida ishtirok etadilar. Men ularning Rossiyaga kelishi bilan biror bir qiyinchiliklarga duch keladi deb, o‘ylamayman. Bu borada biror sabab ham ko‘rmayapman. Biz qardosh xalqmiz. Boks esa bizni birlashtiradi", dedi Kremlyov.
Eslatib o‘tamiz: Avvalroq, Ukraina terma jamoasining ishtiroki Rossiya va Ukraina orasidagi sovuq xolat tufayli, so‘roq ostida turganligi xaqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Jahon chempionati 7 sentyabr 21 bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar