Uganda terma jamoasi bosh murabbiyi: Yo g‘alaba qozonasan, yo...

  • 29 mart, 2022, 22:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navruz Cup" xalqaro turnirining final bahsda O‘zbekiston terma jamoasi Uganda terma jamoasi ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Uganda MTJ bosh murabbiyi Milutin Sredoevich ishtirok etdi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

-Dastlab 46 millionlik Ugandaga yuqori darajadagi sharoitlar va mehmondo‘stlik uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Albatta musobaqa juda ham yuqori darajada tashkil etildi va bu yosh tarkibga ega terma jamoamizni har tomonlama sinovdan o‘tkazib olish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Avval aytganimdek, tarkibdagi ayrim futbolchilar 20 yoshgacha bo‘lgan Afrika Millatlar kubogida ishtirok etgan va Namangandagi ushbu musobaqa ularning tajribasini yanada oshishiga xizmat qildi. Bundan tashqari, ushbu turnir orqali milliy chempionatda to‘p suradigan futbolchilarda ham terma jamoada o‘ynashga imkoniyat paydo bo‘ldi.

O‘zimizni sinab olish uchun kuchli terma jamoalarga qarshi o‘yinlar o‘tkazishimiz lozim edi va bu borada O‘zbekiston biz xohlagan, biz kutgan tanlov bo‘ldi. Bu o‘yinlarda juda ham ko‘p tajriba orttirdik. Futbolda shunday gap bor: Yo g‘alaba qozonasan, yo tajriba orttirasan. Biz g‘alaba ham qozondik, tajriba ham to‘pladik.

Ushbu o‘yinlar biz uchun juda ham muhim bo‘ldi, chunki iyunda bo‘ladigan Afrika Millatlar kubogiga saralash bahslarida qaysi futbolchilar asosiy tarkibdan o‘rin olishi bo‘yicha ham fikrlarga ega bo‘lib oldim.

Masharipovga keladigan bo‘lsam, futbolchilarimiz xato qildi va u shunchaki bundan unumli foydalandi. Shomurodov ham himoyachilarimizga ancha bosh og‘rig‘i bo‘ldi.

-Jamoaning kelajakdagi rejalari haqida gapirib bersangiz.

-Markaziy Osiyoda hujumkor, yaxshi jamoalar bor. Agar ularning o‘yin uslubini Afrika qit’asi jamoalariga taqqoslash kerak bo‘lsa, ularni ko‘proq Shimoliy Afrika, ya’ni Tunis, Marokash va Misr kabi terma jamoalarga o‘xshatish mumkin. Ushbu musobaqa orqali terma jamoa tarkibini o‘zim uchun tanlab oldim va qaysi futbolchilar munosib, qaysilari terma jamoa darajasida emasligi bo‘yicha fikrga ega bo‘ldim. Lekin bu bilan tarkib masalasiga so‘nggi nuqta qo‘yildi degani emas. Biz bu musobaqa orqali qaysi jihatlarda xatoga yo‘l qo‘ydik va qaysi jihatlarda ishlashimiz lozimligi bo‘yicha ham tushunchaga ega bo‘ldik. Asosiy maqsadimiz – 1-14 iyun kunlari bo‘ladigan Afrika Millatlar kubogi saralashida muvaffaqiyatli ishtirok etish.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
AVE 4EVER
29/03/2022 22:44
Uganda qanday qilib bu musobaqaga kelib qoldi?
Baxil Alihuja
30/03/2022 11:20
Угандани максади аник! Улар келажакни тайёрлашмокда, 20ёшгача булган ёшларни танлаб олишмокда, уларда усиш булади! Бу максад билан ЖЧ га хам чикиш мумкин! Лекин кариб колган, бир неча марта уялтирган гилай ва оёги кийшик Сергеев ва бошка лапашанг, думбул уйинчилар билан хатто 2030йил хам Жахон Чемпионатига чика олмаймиз! хеч булмаса бизда хам 20 ёшгача уйинчиларни катнаштириш керак эди. Хатто Киргизистонни таркиби хам бизникидан ёшрок... Айтганча, Долбанов деган мешкорин, Кримец, Андреев, Котак деган химоячимиз, Новкаров деган пакана уйинчиларимизни нега чакиришмади? Хатто Бу уйинчилар хам Сергеевдан яхширок эди!