
"UFC254": Xabib - Getji jangiga tayyormisiz? Navbat kutilgan bellashuvga (matnli translyatsiya va videolar)
Quyidagi tugmani bosish orqali eng so‘nggi voqealarni o‘z vaqtida kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
01:50: Getjini u oyoqlari bilan bo‘g‘ib olib, mag‘lubiyatga uchratdi. Xabib otasisiz ilk g‘alabasini ko‘z yoshlar bilan qabul qildi.
01:48: Birinchi raund kutilganidek shiddatli kechdi. Qoyil!
01:41: Jang boshlandi.
01:38: Jangchilar oktagonga tushib keldi. Barcha narsa tayyor.
01:21: Ha, Uittaker g‘alaba qozondi. Endi Xabib - Getji!!!
01:19: "Co-main event" yakunlandi. Katta ehtimol bilan hakamlar Uittakerning g‘alabasini e’lon qilishadi.
01:03: Uittaker va Kannoner jangi boshlandi.
00:43: Xarris hakam qaroriga ko‘ra, jangni davom ettira olmaydi. Volkov texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
00:31: Navbat Volkov - Xarris jangiga. Yaxshi jang bo‘lishi kutilyapti.
00:11: Fil Xeyvs va Jeykob Malkun o‘rtasidagi jang 18 soniya davom etdi. Xeyvsdan super nokaut.
00:09: Xabib arenaga kelib ulgurgan.
23:52: Lauren Myorfi Liliya Shakirovani bo‘g‘ib olish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Afsus, mag‘lubiyat bilan boshlandi. Kelgusi janglarda omad tilaymiz.
23:39: Navbat Liliya Shakirovaga. Omad tilaymiz. O‘zbekiston bayrog‘i va o‘zbek qo‘shig‘i bilan chiqib keldi.
22:24: Ankalaev ajoyib nokaut bilan g‘alaba qozondi. Hakamlar hatto uni to‘xtatib qolishga ham ulgurishmadi.
23:16: Kutelaba va Ankalaev o‘rtasidagi uzoq muddatli qarama-qarshilik davom etadi va bugungi jangda ko‘p narsa hal bo‘lishi kerak.
22:47: Tuivasa nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
22:36: Tuivasa va Stryuv jangi start olmoqda. Og‘ir vaznlilar bahsi.
22:29: Keysi Kenni hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘olib deb e’lon qilindi.
22:27: Jang o‘z yakuniga etdi. To‘liq davom etgan bahs g‘olibini kutamiz.
22:11: Nataniel Vud va Keysi Kenni jangi boshlandi.
21:50: Rahmonov raqibini bo‘g‘ib olish usuli orqali mag‘lubiyatga uchratdi.
21:42: Qozog‘istonlik engilmas jangchi Shavkat Rahmonov braziliyalik Oliveyraga qarshi debyut jangini o‘tkazadi.
21:32: Uchinchi jangda kutilmagan durang qayd etildi. Ko‘pchilik koreys jangchisining g‘alabasini taxmin qilgandi. To‘liq davom etgan ilk kurashda g‘olib nomi aniqlanmay qoldi.
21:10: Un Jang va Sema Elvi jangi boshlandi.
21:07: Keyingi jangda Liana Jojua Miranda Maverikka imkoniyatni boy berdi.
21:03: Janglar boshlanib ulgurdi. Birinchi jangda Joel Alvarez Aleksandr Yakovlevni mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar