
UFC prezidenti qaysi jangchi tezroq nafaqaga chiqishini istaydi?
UFC prezidenti Dana Uayt promoushenning amerikalik jangchisi, engil vazn toifasida liganing sobiq chempioni Toni Fergyuson haqida gapirdi.
“Ha, umid qilamanki, u nafaqaga chiqadi. Qaniydi, u shunday qilsa", — deya Uaytning so‘zlaridan iqtibos keltirgan MMAJunkie nashri.
Eslatib o‘tamiz, 3 avgust kuni Abu-Dabi (BAA) shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night turnirida Fergyuson hamyurti Maykl Kezaga qarshi jang o‘tkazishi rejalashtirilgan.
O‘tgan yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Toni Britaniya vakili Peddi Pimblett bilan to‘qnash kelgan edi. Ushbu qarama-qarshilik Pimblettning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Fergyuson uchun bu mag‘lubiyat ketma-ket ettinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Umuman olganda, Fergyuson faoliyati davomida 25 g‘alaba va 10 mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar