
UFC 271.Markaziy jang to‘liq davom etdi
AQShning Xyuston shahrida davom etayotgan "UFC 271" turnirining markaziy jangidan o‘rin olgan o‘rta vazn toifasidagi Israel Adesanya hamda Robert Uittaker o‘rtasidagi jang o‘z yakuniga etdi.
Birinchi raundni nigeriyalik sportchi to‘liq ustunligida o‘tkazdi. Ikkinchi raund boshida Uittaker faolroq harakat qilgan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalarda Adesenya ustunlikni o‘z tomoniga o‘zgartirdi. Uchinchi va to‘rtinchi raundlarda Uittaker raqibini parterga olib kirishga harakat qildi, biroq Adesanya unga imkon bermadi. Oxirgi raundni Uittaker faolroq o‘tkazdi.
To‘liq davom etgan jangda hakamlarning qarori bilan Israel Adesanya g‘alaba qozondi.
Fikrlar