"UFC 270" turnirining markaziy janglarida kimning imkoniyati yuqori? (Tahlil)

  • 5 yanvar, 2022, 11:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 23 yanvar kuni “UFC 270” turniri tashkil etiladi. Mazkur jang kechasidan ikki chempionlik jangi o‘rin olgan. Markaziy jangda og‘ir vazn toifasi chempioni “Yirtqich” nomi bilan mashhur Frensis Ngannu da’vogar Frantsiya vakili Siril Gandan o‘z titulini himoya qiladi. Ikkinchi markaziy jangda esa super engil vazn toifasi chempioni Brendon Moreno printsipial raqibi Deyveson Figeredo bilan bahs yuritadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bu ularning uchinchi to‘qnashuvi hisoblanadi.

Tecno

Xullas, bizni ajoyib va qiziqarli o‘tishi kutilayotgan janglar kutib turibdi. Biz esa, yuqorida tilga olingan ikki jang borasida o‘z tahliliy qarashlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz.

Brendon Moreno – Deyveson Figeredo

Ushbu trilogiya ham barchani diqqat e’tiborida bo‘ladi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Shu o‘rinda ularning dastlabki to‘qnashuvlaridagi natijalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ilk jang durang va ikkinchi bahsda Moreno sabmishen evaziga g‘alaba qozongandi.

Umuman olganda dastlabki durang jangida ham Moreno raqibiga qarshi yaxshiroq harakat qilgan edi. Uchinchi jang ham shubhasiz, murosasiz tarzda o‘tishi turgan gap. Albatta, Figeredo chempionlik titulini qaytarib olish uchun bor imkoniyatini ishga soladi.

Endi, imkoniyatlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, mazkur bahsda ham Morenoda biroz ustunlik jihatlari bor. Birinchidan, uning Figeredoga nisbatan “immuniteti” ya’ni ruhiy ustunligi mavjud. Qolaversa, Figeredoni vazni, gabariti ham Morenoga nisbatan katta va u vazn tashlashda raqibiga nisbatan biroz qiyinchilikka duch keladi. Ya’ni, ko‘proq vazn tashlaydi va qaysidir ma’noda ko‘proq energiya sarflagan holda etib keladi. Shuningdek, har ikkisining arsenaliga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Morenoning arsenali mukammalroq hamda kuchliroqdek ko‘rinadi.

Shu nuqtai nazardan, ushbu qarama-qarshilikda 55/45 hisobidagi ustunlikni Morenoga bergan bo‘lardim. Albatta, bu shaxsiy fikrim va yuqoridagi omillarning bari nisbiy tushuncha...

fige

Frensis Ngannu – Siril Gan

Shubhasiz, yil jangiga da’vogarlik qiladigan to‘qnashuv desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Ngannu doimgidek zarba kuchiga tayansa kerak. Avvalgi Stipe Miochich bilan jangiga tayyorgarlik jarayonida u Kamaru Usman bilan ham ishlagandi. Ya’ni, Usman o‘sha “kemping”ida ishtirok etgandi. Qaysidir ma’noda Usman uni sabrli bo‘lishga, o‘zini charchatmaslikka va texnikaga e’tibor qaratishga o‘rgatgan edi. Agar, Ngannu texnikaga urg‘uni qaratadigan bo‘lsa, uni mag‘lub etish juda qiyin. Chunki, uni nokaut qilishni o‘zi bo‘lmaydi. Aksincha, u qarshi hujumda “uxlatib” qo‘yishi mumkin. Siril Ganga qarshi jangda u o‘zining kuchli bosimi va “dahshat”li zarbasiga tayangan holda, tezroq nokaut qilishga urinadimi yoki boshqa, buni jang kuni bilib olamiz.

Siril Gan esa vazniga nisbatan juda tezkor jangchi hisoblanadi.Ayniqsa, oyoqlari go‘yoki engil vazn toifasidagi jangchilarniki kabi harakatlanadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qolaversa, Ganchalik Ngannuni yaxshi biladigani bo‘lmasa kerak. Chunki ular avvallari bir jamoda mashg‘ulot o‘tashgan, ko‘plab sparringlarda ishtirok etgan. Qisqa qilib aytganda, frantsiyalik jangchining taktikasi Ngannuni charchatib, ochkolar evaziga yutishga qaratilgan bo‘lsa, ajab emas. Umumiy olib qaraganda imkoniyatlar 50/50.

Albatta, bu shunchaki taxminlar xolos va shaxsiy fikr! Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, MMAda jumladan, UFC promoushenidagi chempionlik jangida har qanday holat yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, bu jang kechasida yana bir to‘qnashuv borki, ushbu qarama-qarshilik barchani qiziqishiga sabab bo‘layotganligi tayin. Ya’ni, Movsar Evloev hamda Iliya Topuriya bahsi... Bu borada keyinroq so‘z yuritamiz.

frensi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!