
UFC-268. Kovington va Usman janggi to‘liq davom etdi
Assalomu alaykum, aziz UFC ixlosmandlari! Bugun barchamiz sabrsizlik bilan kutgan "UFC 267" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Birozdan so‘ng, kechaning asosiy kard janglari start oladi. Ushbu to‘qnashuvlarni siz bilan Jaloliddin Qobiljonov matnli translyatsiya tarzida kuzatib boradi.
10:36. E’tiboringiz uchun katta rahmat!
10:35. Jang yakulndi. Hakamlar qaroriga ko‘ra, Kamaru Usman g‘alaba qozondi. Bugun revansh olish kuni emas ekan.
10:24. Kovington to‘rtinchi raundni ham fol o‘tkazdi. Oldinda bizni so‘nggi raund kutyapti.
10:19. Uchinchi raundda KOlbi o‘yg‘ondi. Raund so‘nggida seriyalar amalga oshirib, Usmanni birozgina bo‘lsa ham muvozanatdan chiqardi.
10:12. Ikkinchi raundda Usman Kolbini ikki martta nokdaunga tushirdi. Kovington keyingi raundlarda qayta oladimi?
10:06. Birinchi raund yakunlandi. Bitta statistika ma’lumotlarga ko‘ra, bitta zarba ustunligi bilan Usman oldindi. Kamaru boshi bilan Kovingtonning qoshini yorib qo‘ydi.
9:50. Jangchilar oktagonga ko‘tarilmoqda.
9:40. Bizda kechaning asosiy jangi. Yarimo‘rta vazn gigantlari Kamaru Usman va Kolbi Kovington!
9:36. To‘liq 5 raund davom etgan jangda hakamlarning qaroriga ko‘ra, Rouz Namayunas g‘alaba qozondi.
9:22. Uchinchi raundni ham xitoylik da’vogar o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi
9:15. Jan ikkinchi raundni ham faol o‘tkazdi. Hatto Namayunasni nokdaun holatiga ham tushirib qo‘ydi.
9:10. Birinchi raund yakunlandi. Hozircha zarbalar soni bo‘yicha tenglik.
9:00. Kechaning asosiy janglaridan biri boshlanish arafasida. Ayollar o‘rtasida eng engil vazn jangchilari Namayunas va Jan oktagonga chiqdi. Baffer sportchilarni tanishtirish bilan band. Nima deb o‘ylaysiz? Jan revansh ola biladimi?
8:43. Uchinchi raundda Marlon Vera "High Kick" zarbasi bilan Frenki Edgarni nokautga uchratdi.
8:41. Kechaning asosiy jangining yana bir ishtirokchisi Kamaru Usman ham arenada!
Usman has arrived to MSG! #UFC268 pic.twitter.com/jut4K9mN3k
— danawhite (@danawhite) November 7, 2021
8:38. Ayni damda Kolbi Kovington "MSG" arenaga etib keldi.
Covington has arrived to MSG! #UFC268 pic.twitter.com/L5t1woDMCz
— danawhite (@danawhite) November 7, 2021
8:24. Bizda navbatdagi jang start olish arafasida. Frenki Edgar va Marlon Vera oktagonga ko‘tarildi.
8:13. To‘liq davom etgan jangda hakamlarning qaroriga ko‘ra, Sheyn Burgos g‘alabani qo‘lga kiritdi.
8:00. Engil vazn toifasida yana bir jang boshlandi. Sheyn Burgos va Quarantilo ishtirokidagi bahsning birinchi raundi yakunlandi.
7:45. Asosiy kardni Chendler va Getji jangni ochib berdi. Ajoyib kechgan to‘qnashuvda Jastin hakamlar qaroriga ko‘ra 29-28, 29-28, 30-27 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar