
"UFC 256"ning markaziy jangi chempionlik uchun kechadi
UFC ikki divizioning chempioni Amanda Nunes navbatdagi jangini Megan Andersonga qarshi o‘tkazadi.
Yarimengil vazn toifasida kechadigan jang oqshomning asosiy jangi bo‘ladi. Ammo, turnir qaerda bo‘lib o‘tishi noma’lum.
Nunes ketma-ket 11 ta jangdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. U so‘nggi bor, 6 yil avval mag‘lub bo‘lgandi.
30 yoshli Anderson esa o‘tgan yilning may oyida Felisiya Spenserga imkoniyatni boy berib qo‘ygan va shundan so‘ng, ikkita bor raqiblarini taslim eta oldi.
Fikrlar