
UEFAga a’zo yana bir mamlakat chempionatni qachon tiklanishini ma’lum qildi
Bolgariya futbol ittifoqi mamlakat chempionati o‘yinlari 5 iyun kunidan davom ettirilishini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
“UEFA va tibbiy komissiya tavsiyalarini, shuningdek mamlakatda futbolni o‘tkazib yuborgan ulkan jamoani inobatga olgan holda mavsumni adolatli yakunlash uchun chempionat o‘tkaziladi”, - deb yoziladi BFI bayonotida.
Bolgariya chempionati qisqartirilgan formatda yakunlanadi va 1 iyulga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Yangi mavsum esa 25 iyulda start oladi.
Hozirda chempionatda “Ludogorets” klubi 55 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar