
UEFA Turkiya oldidagi noqulaylikni qanday bartaraf qilmoqchi?
UEFA 2021 yilgi Superkubok bahsini Shimoliy Irlandiya poytaxti Belfastdan Istanbulga ko‘chirmoqchi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, UEFA shu tariqa ushbu mavsumdagi Chempionlar ligasi finalini Turkiyadan Portugaliyaga ko‘chirish oqibatlarini bartaraf etishga harakat qilmoqda.
UEFA hozirda Turkiya futbol ma’muriyatiga 2 ta variantni taklif qilmoqda. Bular, 11 avgust kuni bo‘ladigan UEFA Superkubogi hamda 2023 yilgi Chempionlar ligasi finali mezbonligi.
Aslida 2020 yilgi Chempionlar ligasi finali Istanbulda o‘tkazilishi kerak edi. Biroq, pandemiya tufayli ketma-ket 2 yil ushbu o‘yin bekor qilindi.
Fikrlar