UEFA prezidenti: APL yakunlanmay qolsa, "Liverpul"ning chempion bo‘la olmaslini tasavvur qilolmayman

  • 6 aprel, 2020, 21:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferinning so‘zlariga ko‘ra, agar APL yakunlanmay qolsa, “Liverpul” chempion bo‘lmasligi mumkin va u buni tasavvur qilolmaydi.

Tecno

Aytish kerakki, mersisaydliklar chempionat yakunlanishiga 9 tur qolganida 2-o‘rinda borayotgan “Manchester Siti”dan naqd 25 ochkoga ilgarilab ketishgan.

“Agar premer-ligada mavsum davom ettirilsa, “Liverpul” aniq chempion. Mantiqan hali hammasi hal bo‘lmagan, ammo, “Liverpul” chempionlik ostonasida turibdi.

Qandaydir sabablar bilan mavsum yakunlanmay qolsa, biz baribir yakuniy natijani va chempion nomini e’lon qilishimiz kerak. Bunday vaziyatda “Liverpul”ning chempion bo‘la olmay qolishini umuman tasavvur qila olmayman”, - deydi Cheferin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!