
U23 Osiyo kubogi. Janubiya Koreya Xitoyni mag‘lubiyatga uchratib, pley-off yo‘llanmasini naqd qildi
23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Xitoy - Janubiy Koreya bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv nominal mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Osiyo yo‘lbarslari"ning ikkala goliga ham Li Yon Jun mualliflik qildi. Shu tariqa, "qizil iblislar" muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya navbatdagi turda Yaponiya termasi bilan o‘ynaydi.
Fikrlar