
U20 O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni boshladi
Rustam Aripov murabbiyligi ostidagi U20 O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik dasturidan o‘rin olgan dastlabki mashg‘ulotlar 10-18 dekabr kunlari “Chig‘atoy” bazasida bo‘lib o‘tadi. 2020 yilgi ayollar o‘rtasidagi U20 Osiyo chempionati saralash bellashuvlarining dastlabki bosqichi 2021 yil 17-21 mart kunlari o‘tkaziladi.
Mazkur guruh uchrashuvlariga Avstraliya, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Laos, Mongoliya, Myanma, Singapur va Tojikiston mamlakatlari mezbonlik qiladi.
U20 O‘zbekiston ayollar terma jamoasi qur’a tashlash marosimida 1-savatchadan o‘rin oladi. Bu savatchada shuningdek Vetnam, Tailand, Eron va Nepal vakillari o‘rin olgan. Mazkur qur’a marosimi OFKning Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida 23 dekabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati:
№ Ism-familiyasi Ampluasi Jamoasi
1. Plyushkevich Angelina Darvozabon “Sevinch”
2. Nurulaeva Sevara Darvozabon “Metallurg”
3. Usmonova Ruxsora Darvozabon AGMK
4. Qo‘chqorova Sevara Himoyachi AGMK
5. Kosnikova Marina Himoyachi “Bunyodkor”
6. Ibragimova Gulchiroy Himoyachi AGMK
7. Iskandarova Nodira Himoyachi “Lokomotiv”
8. Toshpo‘latova Rushana Himoyachi “Sevinch”
9. Oktyabreva Sabrina Himoyachi “Sevinch”
10. To‘raeva Marjona Himoyachi “Buxoro”
11. Shodieva Amina Himoyachi “Qizilqum”
12 Norboeva Maftuna Himoyachi “Navbahor”
13 Gʻanieva Charos Himoyachi “Andijon”
14 Seyitmirova Soxibabonu Yarimhimoyachi “Buxoro”
15 Otenazarova Aygerim Yarimhimoyachi AGMK
16 Mamatkarimova Zarina Yarimhimoyachi “So‘g‘diyona”
17 Suyunova Oysara Yarimhimoyachi “Lokomotiv”
18 Jurabaeva Diyora Yarimhimoyachi “Metallurg”
19 Zaynitdinova Shaxrizoda Yarimhimoyachi “Metallurg”
20 Erkinova Komola Yarimhimoyachi “Paxtakor”
21 Xatamova Umida Yarimhimoyachi “Paxtakor”
22 Mingboeva Omadoy Yarimhimoyachi “Andijon”
23 Bobokulova Albina Yarimhimoyachi “So‘g‘diyona”
24 Saydullaeva O‘g‘iloy Yarimhimoyachi “Sevinch”
25 Sodiqova Parvina Yarimhimoyachi AGMK
26 Rustullaeva Leyla Yarimhimoyachi AGMK
27 Oraniyazova Leyla Hujumchi AGMK
28 Rashidova Tojiniso Hujumchi “Metallurg”
29 Abduganieva Jasmina Hujumchi “Lokomotiv”
Fikrlar