
U-21 Birinchiligida poytaxtliklar peshqadamlik qilmoqda
Peshqadam "Lokomotiv" bu tur safarda "Dinamo" bilan kuch sinashdi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarga Vladislav Fomin va Akbar Qo‘chqorovlar mualliflik qilishdi.
Poytaxtning yana bir jamoasi "Paxtakor" esa "Qizilqum" darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi. Odilov dublga erishgan bo‘lsa, Iminov ham bir bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa "sherlar" hisobidagi ochkolar soni 24 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Peshqadam "Lokomotiv" hisobida esa 25 ochko mavjud.
Fikrlar