
Tuxeldan xafa bo‘lgan yulduzning bozori qaynab ketdi
“Chelsi” yarim himoyachisi Kristian Pulishich jamoani Tomas Tuxel qabul qilib olganidan keyin asosiy tarkibga kirishga qiynalib qolmoqda.
Mahoratli yarim himoyachi unga etarlicha e’tibor qaratmayotgan bosh murabbiydan norozi bo‘lyapti va klubni tark etishga tayyorlanmoqda. Chunki, Tuxel amerikalik futbolchini biror marta asosiy tarkibda maydonga tushirgani yo‘q.
Kristian Pulishich atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib borayotgan “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va “Bavariya” mutasaddilari yozgi transferlar davrida 22 yoshli futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar