Mashhur legionerimizni o‘zi chempion bo‘lgan jamoaga qaytarishyapti

  • 19 avgust, 18:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Shahboz Umarov katta xalqaro tajribaga ega futbolchilarimizdan hisoblanadi. “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan bo‘kalik o‘yinchi yurtimizda professional darajada Olmaliqning OTMK jamoasida o‘ynagan.

Tecno

Umarov professional faoliyatidagi birinchi sovrinini aynan olmaliqlar tarkibida qo‘lga kiritib, 2018 yilgi mavsumda O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘ldi.

Shahbozning legioner sifatida UEFA tarkibiga kiruvchi Belarus va Qozog‘iston futbolidagi faoliyati ancha muvaffaqiyatli chiqdi. 2020 yilning boshida Belarusning “Energetik-BGU” jamoasiga qo‘shilgan hujumkor futbolchimiz yarim mavsumdan keyin ushbu mamlakatning eng qudratli klublaridan BATEga ko‘chib o‘tdi.

Borisovliklar jamoasining eng mahoratli va eng qimmat aktiviga aylangan Umarov ushbu jamoa safida Belarus kubogi musobaqada zafar quchdi. Shahbozning BATEdagi faoliyati yaxshi davom etayotgan edi. Ammo 2022 yilning boshida BATEning yangi bosh murabbiyi va jamoa etakchisi Shahboz Umarov o‘rtasida mashg‘ulotlarning birida jiddiy kelishmovchilik kelib chiqdi.

Belarus futbolini yoritishga ixtisoslashgan manbalar o‘sha paytdagi ziddiyat ilgari professional futbolchilar bilan ishlamagan murabbiyning o‘zbek legionerini haqorat qilganidan boshlanganini yozgan edi. Buning oqibatida murabbiylar shtabi Umarovni yarim mavsum davomida biror marotaba ham maydonga tushirmadi.

Shahboz o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Qozog‘istonning “Ordabasi” klubiga ijaraga o‘tishga majbur bo‘ldi. Iste’dodli o‘yinchi sinmaydi, deganlaridek, Chimkent shahri klubida Umarovning ishlari yurishib ketdi. Yarim mavsumda jamoa etakchilaridan biriga aylangan hamyurtimiz Qozog‘iston kubogi sohibi bo‘ldi.

2023 yilgi mavsumda esa, Shahboz Umarov yana bir legionerimiz Bobur Abduxoliqov bilan birga “Ordabasi”ni klub tarixida ilk bor Qozog‘iston chempioni bo‘lishiga hissa qo‘shdi.

Shahboz Umarov 2025 yilgi mavsumni Qozog‘iston Premer-ligasining boshqa vakili – “Turon” klubida boshladi. Turkiston viloyati jamoasi yuqori o‘rinlar uchun kurashish maqsadida Umarovga qo‘shib o‘zbek futbolining yana uch nafar tarbiyalanuvchisi – Odiljon Abdumajidov, Behruz Asqarov va Xurshid Muxtorovni taklif qildi.

Ammo “Turon”da yuz bergan jiddiy o‘zgarishlar natijasida klub rahbariyati asosan mahalliy o‘yinchilarga tayanadigan bo‘ldi va bir qator legionerlar safida to‘rt o‘zbek futbolchisi bilan xayrlashdi.

Bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, Shahboz Umarovga O‘zbekiston klublaridan taklif bo‘lganiga qaramay, 26 yoshli hujumkor futbolchi “Ordabasi” chorlovini qabul qilish bo‘yicha bir to‘xtamga kelgan.

Agar transfer rasman tasdiqlansa, legionerimiz erkin agent sifatida chimkentliklar jamoasiga borib qo‘shiladi va faoliyatini yana qo‘shni mamlakat chempionatida davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Shag‘boz Umarov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilardan hisoblanardi. U xalqaro maydonda besh bor bosh jamoa sharafini himoya qilgan va 2024 yilgi Osiyo kubogida ishtirok etgandi. 

Husanov, xotirjam bo‘l, sheriging ketmaydi!

Husanovchi? Gvardiola birinchi o‘yindan keyin kim ketib, kim qolishini aytdi

Husanov “boyvachchalar” qatoriga qo‘shildi

Husanov Gvardiolaning o‘zi haqidagi gapi to‘g‘ri ekanini isbotladi

Husanov o‘ynagan uchrashuvda Gvardiola nimalar yoqmaganini aytdi!

Husanov bo‘yicha Gvardiola yangi reja tuzib qo‘ydi

Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
19/08/2025 21:44
Terma jamoa uchun foydali futbolchi
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
19/08/2025 21:43
Terma jamoa uchun foydali futbolchi