
APL. 1-turdan so‘ng turnir jadvali qanday shakllandi?
Xabaringiz bor, bir necha kun avval Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi ham start olgan edi. Bugun esa "Lids" va "Everton" bahsi bilan 1-tur o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu mavsumni "Liverpul" "Bornmut"ga qarshi gollarga boy o‘yin bilan ochib berdi. "Tottenxem" va "Manchester Siti" esa raqiblariga 3 va 4 tadan gol urgan holda, yirik g‘alabni rasmiylashtirishdi. Yana bir grand jamoalardan biri "Chelsi" o‘z uyida "Kristal Pelas"ni qabul qilib, 0:0 hisobida durangga imzo chekdi. "Manchester Yunayted" va "Arsenal" o‘rtasidagi bellashuvda esa londonliklarning qo‘li baland keldi.
Ushbu qiziqarli o‘yinlarga boy o‘tgan ilk turdan so‘ng turnir jadvali bilan tanishing.
Fikrlar