
Tuxel "Bavariya"dan ketadimi? Klub bosh direktori bu savolga javob berdi
"Bavariya" bosh direktori Yan-Kristian Drezen jamoaning so‘nggi paytlardagi yomon natijalari fonida germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxelni bosh murabbiylikdan iste’foga chiqarilishi haqidagi savolga javob berdi.
Bild nashri xabariga ko‘ra, jamoa muxlisi Drezen mashinada to‘xtab turgan vaqtda u bilan muloqot qila olgan. Muxlis futbol rasmiysidan Tuxel klubni tark etadimi, deb so‘raganida, Drezen dastlab jilmayib qo‘ydi. "Bavariya" muxlisi o‘z savoliga to‘liq jiddiy javob olmoqchi ekanini ta’kidladi, shundan so‘ng Drezen: "Ko‘ramiz" deb javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda “Bavariya” Tuxelni ishdan bo‘shatib, uning o‘rniga “Real” sobiq ustozi Zinedin Zidan yoki “Manchester Yunayted” sobiq ustozi Ole-Gunnar Sulsherni tayinlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar