Tursunoy g‘alaba qozondi va yana bir litsenziya qo‘lga kiritildi!

  • 11 mart, 2020, 14:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Iordaniyadagi boks bo‘yicha litsenzion turnir hal qiluvchi pallaga etib keldi. Bugun, ushbu turnirning so‘ngi kuni. Xabaringiz bor, turnirning yakuniy kunida 4 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. Biz kutgan janglarning dastlabkisida -51 kg vazn toifasidagi vakilamiz Tursunoy Rahimova Tokio Olimpiadasi litsenziyasi uchun o‘tish bosqichida ishtirok etdi. U tailandlik Yutumas Jitpong bilan ringga ko‘tarildi. Ushbu qarama-qarshilik g‘olibi Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiadaga yo‘llanmani naqd qilar edi.

Tecno

Ajoyib harakatlari, aniq zarbalari bilan vakilamiz jang taqdirini o‘z foydasiga hal qildi va delegatsiyamizga yana bir yo‘llanmani taqdim etdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sanjar Donaev
11/03/2020 14:28
Malades tursunoy tailandliklarni engibdi shaxob qilolmagan ishni qiz bola uddalabdi