
"Turon" safiga yangi legionerlar qo‘shildi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Anvar Berdiev bosh murabbiyligidagi asosiy tarkib jamoamiz vakillari Tojikiston davlatida yozgi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borishmoqda.
Mavsumning qolgan qismiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan mazkur yig‘inda 3 nafar yangi futbolchilar ko‘rikdan o‘tmoqdalar.
Jumladan, Sergey Morozov (himoyachi, Rossiya), Denis Ostrovskiy (himoyachi, Ukraina) va Arislan Yusupbaev (yarim himoyachi, "Aral Samali")lar ko‘rikdan o‘tish uchun jamoamiz yig‘iniga kelib qo‘shilishgan.
Yangi futbolchilarning harakatlari jamoamiz murabbiylar shtabi vakillariga ma’qul kelsa, ular bilan shartnoma imzolanadi.
“Turon” matbuot xizmati.
Fikrlar