Turkiya haqida nimalarni bilamiz? U qanday jamoa?

  • 2 iyun, 2019, 09:30
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 2 iyun kuni Ektor Kuper boshchiligidagi hamyurtlarimiz Turkiya terma jamoasiga qarshi safarda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tqazishadi. O‘z tarixida ilk bor o‘zaro yashil maydonda raqiblik qiladigan bu ikki terma jamoa o‘rtasidagi bellashuv, muhlislar tomonidan juda katta qiziqishlar bilan kutilmoqda. Bugun esa biz Turkiya termasi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Tecno

Turkiya terma jamoasi UEFA a’zosi hisoblanadi. Turklar 2 marotaba jahon chempionatida 1954 va 2002 yillarda qatnashishgan. Muhlislar turkiyaliklarni 2002 yilgi mundialda bronza medalni qo‘lga kiritishganliklari bilan eslashadi. Osiyo qit’asida ilk bor o‘tqazilgan ushbu mundialda Turkiyaliklar yarim finalgacha etib borishgan. Braziliyaliklarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan turklar 3 o‘rin uchun bahsda mezbon Janubiy Koreya termasi bilan bahs olib borib 3:2 hisobida zafar quchgan. Bu Turkiya futbolining erishgan katta natijasidur.

Shu qatorda 2003 yilgi Kofederatsiyalar kubogida ham 3-o‘rinni egallashdi. Guruhda amaldagi jahon chempioni Braziliya termasini ortda qoldirib, yarim finalga chiqqan turklar, Frantsiyaga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lishgan. 3-o‘rin uchun bahsda Kolumbiya termasini 2:1 hisobida engib, o‘z tarixlarida yana yangi sahifa ochishdi.

Evropa chempionatida umumiy 4 martta qatnashgan (1996, 2000, 2008, 2016) turklarning navbatdagi buyuk natijalari 2008 yilga to‘g‘ri keladi. Shu yili Evropa chempionatida yarim finalga qadar etib borishgan. O‘ta og‘ir o‘tgan, Xorvatiya bilan chorak final o‘yinida Turkiya penaltilar seriyasida zafar quchib, yarim finalga yo‘l olgan. 39,374 tomoshabin kuzatib borgan yarim final o‘yinida Germaniya termasi raqiblik qildi. Hozirda tirik afsona bo‘lib ulgurgan Filipp Lam so‘nggi daqiqalarda gol urib turklarni mag‘lub etishda qahramonga aylangan. Shu tariqa uchrashuv 3:2 hisobida Germaniya foydasiga yakun topgan.

Terma jamoalar reytingi 4 aprel 2019 yili e’lon qilingan ro‘yhati bo‘yicha Turkiya 39-o‘rinni band etgan. Bu borada O‘zbekiston termasi 85-o‘rinda qayd etilgan. 2004 yilning iyun oyida Turkiya bu reytingda 5-o‘rinni qayd etgan. Bu turklarning o‘z tarixlaridagi eng yuqori o‘rinlaridir. Ularning eng past ko‘rsatkichlari 1993 yilning oktyabr oyiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda ular 67-pog‘onadan joy olishgan edi.

1923 yilning 23 oktyabr kuni Turkiya o‘z tarixida ilk uchrashuvni o‘tqazadi. Istanbul shahrida Ruminiya termasini qabul qilishadi va 2:2 hisobida durang o‘ynashadi.

1949 yili Suriya, 1954 yili Janubiy Koreya va 1996 yili San Marino termalarini bir xil 7:0 hisobida mag‘lub etishadi. Bu Turkiya termasi tarixidagi eng yirik hisobdagi g‘alabasidir.

1968 yili Polsha, 1984 va 1987 yillari Angliya termalari bilan o‘yinlarda 0:8 hisobida imkoniyatni boy bergan Turkiya termasining bu o‘z tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatlari.

Terma jamoa tarkibida Rushtu Rechber 120 bor ishtirok etgan. Bu Turkiya termasi libosida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchisi. Eng mashhur futbolchilaridan biri Hoqon Shukur, terma jamoasi tarkibida 51 ta gol urib tarixga o‘z nomini yozdirib qo‘ygan. Avvallari ham, hozir ham Hoqon Shukurning natijasini hech kim takrorlay olmagan.

Terma jamoaning asosiy libosi qizil rang hisoblanadi. Ikkinchi libosi oq rangda. So‘nggi bor o‘tqazilgan 2016 yilgi Evropa chempionatida turklar oq aralash havo rangli liboslarda ham maydonga tushishganligini ta’kidlab o‘tish joiz.

Jahon futbolida ko‘plab turk futbolchilarni ko‘rish mumkin. Ular orasida eng buyuklariga e’tiboringizni tortamiz: Xamit Altintop, Mexmet Aurelio, Emre Oshik, Yildiray Bashtyurk, Emre Belozog‘lu, Okan Buruk, Byulent Korkmaz, Janer Erkin, Xasan Solih Kabze, Karadeniz Gokdeniz, Umit Karan, Nixat Kaxvechi, Alpoy Ozalan, Rushtu Rechber, Fotih Tekke, Tugay Kerimoglu, Arda Turan, Hoqon Unsal, Hasan Shosh, Hoqon Shukur, Hoqon Chalxanoglu, Onur Kivrak, Hoqon Bolta.

Terma jamoa tarkibida eng ko‘p maydonga tushgan top 10 ta futbolchi ro‘yhati ham qiziqtirmastan qolmaydi:

  1. Rushtu Rechber (120ta o‘yin)
  2. Hoqon Shukur (112ta o‘yin)
  3. Byulent Korkmaz (102ta o‘yin)
  4. Arda Turan (95ta o‘yin)
  5. Tugay Kerim oglu (94ta o‘yin)
  6. Emre Belozog‘lu (94ta o‘yin)
  7. Alpoy Ozalan (90ta o‘yin)
  8. Xamit Altintop (82ta o‘yin)
  9. Tunjay Shonli (80ta o‘yin)
  10. Ogun Temizkanog‘lu (76ta o‘yin)

Shu qatorda eng ko‘p gol urgan top 10 talik ro‘yhatini ham ko‘rib o‘tishingiz mumkin:

  1. Hoqon Shukur 51 gol.
  2. Tunjay Shonli 22 gol.
  3. Burak Yilmaz 21 gol.

-   Lefter Kochokandonyadiz 21 gol.

  1. Nixat Kaxvechi 19 gol.

-   Metin Oktay 19 gol.

-   Jamiil Turan 19 gol.

  1. Arda Turan 17 gol.
  2. Zeki Rizo 15 gol.
  3. Orif Erdem 11 gol.

-   Ertug‘rul Sog‘lom 11 gol.

Turkiya termasining FIFA va o‘rtoqlik o‘yinlari uchun qaydnomasi bilan tanishing. Bu tarkibda biz Evropaning ko‘zga ko‘ringan jamoalarida yahshi faoliyat olib borayotgan futbolchilarni ko‘rishimiz mumkin.

Darvozabonlar: Mert Gyunok ("Bashakshehir"), Gokxan Akkan ("Rizespor"), Sinan Bolat ("Antverpen", Belgiya), Ugurchan Chaqir ("Trabzonspor")

Himoyachilar: Mehmet Chelik ("Lill", Frantsiya), Nazim Sangare ("Antalyaspor"), Ozan Muhammad Kabak ("Shtutgart", Germaniya), Chog‘lar Suyuunchi ("Lester", Angliya), Kaan Ayhan ("Fortuna", Germaniya), Merih Demiral ("Sassuolo", Italiya), Jengiz Umut Merash ("Bursaspor"), Emre Toshdemir ("Galatasaroy"), Hasan Ali Kaldirim ("Fenerbaxche")

Yarim himoyachilar: Abdulqodir Omur ("Trabzonspor"), Jengiz Under ("Roma", Italiya), Deniz Turuch ("Qayserispor"), Dorukxon Tokoz ("Beshiktosh"), Efechan Karacha ("Alanyaspor"), Emre Belozog‘lu ("Bashekshehir"), Ifran Jan Qahvechi ("Bashekshahir"), Mahmut Tekdemir ("Bashekshehir"), Og‘uzxon Ozyakup ("Beshiktosh"), Okay Yokushli ("Selta", Ispaniya), Ozan To‘fon ("Alanyaspor"), Yunus Malli ("Volfsburg", Germaniya), Yusuf Yazichi ("Trabzonspor"), Hoqon Chalxonoglu ("Milan", Italiya), Umar Ali Shahiner ("Konyaspor")

Hujumchilar: Burak Yilmaz ("Beshiktosh"), Jenk Tosun ("Everton", Angliya), Enes Unal ("Valyadolid", Ispaniya), Guven Yalchin ("Beshiktosh"), Kenan Karaman ("Fortuna", Germaniya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Umar Umarov
06/06/2019 19:06
Турклар билан ҳам ўйнаса бўлади
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
02/06/2019 12:11
бугун туркла камида 3 та гол урса керак ааа