
TsSKAning BAAdagi yig‘iniga boradigan tarkibi e’lon qilindi
Moskvaning TsSKA klubi 14-26 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in o‘tkazadi. "Armiyachilar" klubi matbuot xizmati mazkur yig‘inda qatnashadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Mazkur yig‘inda Abbosbek Fayzullaev ishtirok etmaydi. U O‘zbekiston terma jamoasi bilan birgalikda Osiyo kubogida qatnashmoqda.
Darvozabonlar: Akinfeev, Torop, Shayxutdinov, Besaev.
Himoyachilar: Rocha, Moises, Lukin, Nababkin, Ryadno, Agapov, Gaich, Diveev.
Yarim himoyachilar: Oblyakov, Zdelar, Davila, Mendes, Kuchaev, Glebov, Kislyak, Muxin.
Hujumchilar: Chalov, Zabolotniy, Musaev.
Rossiya Premer-ligasining 18-turidan so‘ng Vladimir Fedotov shogirdlari turnir jadvalida ettinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar