
TsSKAga yangi bosh murabbiy keldi
Fabio Chelestini Moskvaning TsSKA klubiga bosh murabbiy bo‘ldi.
Legionerimiz Abbosbek Fayzullaev to‘p surayotgan klub 49 yoshli shveytsariyalik mutaxassis bilan "2+1" sxemasi asosida shartnoma imzolaganini e’lon qildi. "Qizil-ko‘klar" murabbiylar shtabiga shuningdek murabbiy yordamchilari Manel Eksposito, Xaver Noya, Xose Blesa va Dante Karechchi ham qo‘shiladi.
Chelestini 2024/25-yilgi mavsumda "Bazel" bilan Shveytsariya chempionati va Kubogini qo‘lga kiritgan. Bungacha u boshqa Shveytsariya klublarini ham boshqargan.
Futbolchi sifatida Fabio Shveytsariya terma jamoasi, "Lozan", "Xetafe", "Levante" va "Marsel" safida o‘ynagan.
2024/25-yilgi mavsumda TsSKAni Marko Nikolic boshqargan. Serbiyalik mutaxassis Rossiya Kubogidagi g‘alabadan so‘ng jamoani tark etgan.
Fikrlar