
TsSKA Fayzullaevni qo‘yib yuboradi!
Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogida yuqori saviyada o‘ynagan Abbosbek Fayzullaevning Evropa ligalariga o‘tishi mumkinligini ko‘p muhokama qilinmoqda. Ayniqsa, Rossiya futbol jamoatchiligi vakillari o‘zbek legionerining imkoniyatlariga baho berishni yaxshi ko‘radi. Rossiyalik jurnalistlar ham mutaxassislarning Abbosbek Fayzullaev haqidagi fikrlarini tez-tez so‘rab turadi.
Sports.uz portali xorijlik mutaxassislarning Fayzullaev haqidagi fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qilishda davom etadi.
Dmitriy Xamuxa, TsSKA sobiq futbolchisi:
Fayzullaev uchun mavsumning ikkinchi qismi dastlabkisiga nisbatan qiyinroq bo‘ladi. Hozircha, voqealarda oldinlab ketmoqchi emasman. Agar Abbos chempionatning qolgan qismini birinchisi singari yorqin darajada o‘tkaza olsan, unda buni haqiqatan zo‘r transfer sifatida e’tirof etsak bo‘ladi.
Agar TsSKAni Abbosbek Fayzullaevni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘layotgan xorij klublarining takliflari qoniqtirsa, jamoada hech kim bu o‘yinchini ushlab qolmaydi, yo‘lini to‘smaydi. Bunda futbolchining manfaatlari ham ko‘zlanadi.
Bundan tashqari, Fayzullaev misolida boshqa yosh o‘yinchilar agar o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olsa, xorij klublari e’tiboriga tushishini va ularga ham moliyaviy jihatdan yaxshi takliflar tushishini bilib oladi.
Aleksandr Tarxanov, taniqli murabbiy, TsSKA klubi sobiq prezidenti:
Abbosbek Fayzullaev bundan keyin qanday o‘yin ko‘rsata olishini ko‘rish kerak. Afsuski, ayni paytda Evrokuboklarda qatnasha olmayapmiz. Agar Evropa maydonlarida o‘ynaganida Fayzullaev o‘zini yanada yorqinroq ko‘rsatgan bo‘lardi.
Biroq shunga qaramay, baribir uni kuzatishadi. Chunki Abbos Osiyo kubogida ham mahoratini namoyish eta oldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi finalga chiqa olmaganiga qaramay, Fayzullaev o‘z o‘yini bilan ajralib turdi va gollar urishga erishdi.
Men Abbosbek Fayzullaev yana biroz TsSKAda to‘p tepib, tajribasini oshirish kerak, yana bir mavsum shu jamoada o‘ynashi kerak, deb o‘ylayman.
Abbosbek Fayzullaev aslida “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 20 yoshli futbolchi o‘tgan yilning avgustida TsSKA jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Rossiya futbolida jami 18 ta o‘yinda qatnashib, ikkita gol va to‘qqizta assist qayd etgan legionerimiz mavsumning birinchi qismida eng asosiy kashfiyot sifatida e’tirof etildi.
Hujumkor futbolchimiz 2023 yilning iyun oyidan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Abbos halqaro miqyosda 14 ta uchrashuv o‘tkazib, Tojikiston, Qirg‘iziston, Hindiston va Tailand darvozalariga jami to‘rtta to‘p kiritgan.
Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali Abbosbek Fayzullaevning transfer summasini 4 million evroga baholamoqda.
Jamoasini goldan qutqargan Husanovning o‘yini qanday baholandi?
Bu O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqishiga ishonaman!
Legionerimiz Evropa Chempionlar ligasida porlashni ko‘zlayapti
O‘zbek klubiga yutqazgan futbolchi katta va’da berib qo‘ydi
Legionerimiz gol urdi
O‘zbek hujumchisini Premer-liga klubi o‘z safiga qo‘shib oldi
O‘zbek futbolchilari legionerga aylanishga tayyor
“Navbahor”da ishlagan murabbiy Fayzullaevni “Bavariya”ga o‘tkazish yo‘lini aytdi
Osiyo kubogi futbolchilarimizga yangi jamoalarga yo‘l ochdi
Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?
Fikrlar