Traore Ispaniya terma jamoasida debyut qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi

  • 1 sentabr, 2020, 11:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan “Vulverxempton” vingeri Adama Traore jamoa qarorgohini tark etdi.

Tecno

Marca nashrining yozishicha, 24 yoshli futbolchining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natija bergan. Shu tariqa, Traore Ispaniya terma jamoasida debyut qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

“Qizil furiya” 3 sentyabr kuni Germaniyaga va 6 sentyabr kuni Ukraina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Har ikkala bahs ham UEFA Millatlar ligasi doirasidan o‘rin olgan.

Traore bungacha Ispaniya o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida o‘ynagan. U o‘tgan mavsum APLda 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!