
"Tottenxem"ning asosiy posboni yana safga qaytdi
Londonning “Tottenxem” klubi darvozaboni Ugo Loris jarohatidan sog‘ayib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli frantsiyalik posbon o‘tgan yilning oktyabridan buyon maydonga tushmay kelmoqda. U “Brayton”ga qarshi o‘yinda maydonga noto‘g‘ri qulagani bois tirsagini jarohatlab olgan edi.
Ma’lumot uchun, Loris joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 17 ta gol o‘tkazib yubordi.
“Tottenxem” o‘zining navbatdagi uchrashuvini 18 yanvar kuni APL doirasida “Uotford”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar