
"Tottenxem" va "Yuventus" "Roma" futbolchisiga qiziqmoqda
"Tottenxem" va "Yuventus" jamoalari "Roma" futbolchisi Nikolo Dzanoloni kuzatmoqda. Jamoalar futbolchini yozgi transferlar oynasida qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 22 yoshli futbolchining "bo‘rilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi. Ayni damda italiyalik iqtidor va Rim klubi shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti.
Bu esa uni sotib olmoqchi bo‘lgan klublar uchun ayni muddao. Shuningdek, "Roma" direktori ham o‘yinchining kelasi yil jamoada qolishi kafolatlanmaganini ma’lum qildi.
Statistikaga ko‘ra, Nikolo Dzanolo joriy mavsum A Seriyaning 19 o‘yinida o‘z hisobiga 2 gol va 2 assist yozib qo‘ygan.
Fikrlar