"Tottenxem" va "Marsel" bir futbolchi uchun da’vogarlik qilmoqda

  • 1 iyun, 2020, 15:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Renn” klubi forvardi Mbaye Nyang faoliyatini Frantsiyaning boshqa jamoasida yoki Angliyada davom ettirishi mumkin.

Tecno

L’Équipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli senegallik futbolchiga «Marsel» va «Tottenxem» klublaridan takliflar bor. London grandi Nyang bilan bu borada aloqaga chiqqan, ammo unga ozroq o‘yin amaliyoti va’da qilmoqda.

Unga shuningdek, “Marsel” bosh murabbiyi Andre Villash-Boash ham qiziqmoqda. E’tiborlisi, Nyangning xotini aynan marsellik hisoblanadi. U yaqindagina ushbu shahardan villa ham sotib oldi.

Canal Football Club tarqatgan xabarga ko‘ra, Nyang hatto kamroq maosh evaziga bo‘lsa ham “Marsel”ga o‘tmoqchi. “Renn” esa uni 30 million evroga baholamoqda.

Nyang joriy mavsum Frantsiya chempionatida 26 ta o‘yinda 10 ta gol urdi. Uning hozirgi oylik maoshi 220 ming evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!