
"Tottenxem" Sonning maoshini oshirmoqchi
Janubiy Koreyalik hujumchi Son Xin Min “Tottenxem”dan yangi shartnoma oladi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, “shporlar” 28 yoshli futbolchining maoshini oshirgan holda uni tarkibda saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Yangi kelishuv bo‘yicha Son haftasiga 150 ming funt maosh olishi mumkin. Hozir uning haftalik maoshi 140 ming evroni tashkil etadi.
Son “Tottenxem”ga 2015 yilda “Bayer”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan 5 yil davomida londonliklar safida 236 ta o‘yinda maydonga tushdi va 140 ta gol urdi.
Fikrlar