
"Tottenxem" o‘ziga kerak bo‘lmagan darvozabonni yana ortga qaytarmoqchi
Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati jarohat olib safdan chiqqan darvozabon Ugo Lorisga o‘rinbosar sotib olishga qaror qildi.
Evening Standard nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "shporlar" bu borada gollandiyalik posbon Mishel Vormning xizmatlariga tayanmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, 35 yoshli Vorm “Tottenxem” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. Ammo, yozda shartnomasi yakunlangach u jamoani erkin agent sifatida tark etgan edi.
Biroq, Vorm o‘ziga yangi jamoa topa olmadi va shu bois londonliklar rahbariyati uni yana ortga qaytarishni rejalashtirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Loris kamida joriy yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi.
Fikrlar