"Tottenxem" muxlislari uchun muhim xabar!

  • 14 dekabr, 2021, 14:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Tottenxem” klubi frantsiyalik darvozabon Ugo Loris bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.

Tecno

Tomonlar muzokaralarni muvaffaqiyatli olib borishdi va shartnomani yil oxirigacha yoki yanvar oyidagi transfer oynasi vaqtida imzolashi kutilmoqda. 34 yoshli frantsiyalik futbolchining “shporlar” bilan yangi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Tajribali darvozabon 2012 yilning avgust oyidan buyon “Tottenxem” safini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2021/2022 yilgi mavsum yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Loris joriy mavsumda 14 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 17 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!