"Tottenxem" mavsum so‘nggida Kulushevskini sotib oladi

  • 28 sentabr, 2022, 22:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" 2022/23-yilgi mavsum oxirida "Yuventus"dan hujumchi Deyan Kulushevskini to‘liq sotib oladi, deya xabar berdi jurnalist Fabritsio Romano.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "shporlar"da kelishuv bo‘yicha ikkita variant bor. Agar futbolchi 20 ta o‘yinda qatnashsa (har bir bahsda u kamida 45 daqiqa maydonda o‘ynasa) va klub Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirisa, londonliklar futbolchini 35 million evroga sotib olishlari talab etiladi.

Agar ushbu shartlardan biri bajarilmasa, “Tottenxem” 22 yoshli shvedni sotib olish variantini shunchaki faollashtiradi.

"Tottenxeem" Kulushevskini 2022 yilning yanvarida "Yuventus"dan 2023 yilning iyuni oxirigacha ijaraga olgandi. Joriy mavsumda hujumchi inglizlar safida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma’lumot o‘rinda, "Transfermarkt" portali Kulushevski 50 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!