"Tottenxem" Lorisga o‘rinbosar topib qo‘ygan

  • 17 may, 2023, 20:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris mavsum so‘nggida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar tarqatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "shporlar" frantsuzga o‘rinbosar izlamoqda. Variantlar orasida "Brentford" posboni David Rayya favorit bo‘lib turibdi. 

Tecno

27 yoshli ispanga "Manchester Yunayted" ham qiziqmoqda. U yozda kattaroq jamoaga o‘tishni istaydi va takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Rayyaning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi. 

Ma’lumot uchun, Loris 2012 yildan beri "Tottenxem" darvozasini qo‘riqlab keladi. U londonliklar safiga "Lion"dan 12 million evro evaziga kelib qo‘shilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!