"Tottenxem" "Barselona" futbolchisini ijaraga olmoqchi

  • 2 iyul, 2021, 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich "Tottenxem"ning diqqat markaziga tushib qoldi.

Diario Sport tarqatgan xabarga qaraganda, "shporlar"ning sport direktori Fabio Paratichi allaqachon bosniyalik futbolchining ijarasi borasida kataloniyaliklar bilan aloqaga chiqqan.

O‘z navbatida Pyanichni sobiq jamoasi "Yuventus" ham 2 yilga ijaraga olishni ko‘zlamoqda. Biroq futbolchining yuqori maoshi bunga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Pyanich o‘tgan mavsum “Barselona” tarkibida jami 30 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!