"Tottenxem" "Atletiko" futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

  • 7 yanvar, 2020, 14:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" "Atletiko" yarim himoyachisi Tom Lemar transferi bo‘yicha ish olib bormoqda.

Tecno

The Independent nashriga ko‘ra, londonliklar futbolchini yanvar oyida ijaraga olmoqchi. Ushbu ijara "shporlar" uchun olti million evroga tushadi. Shuningdek, shartnomaga Lemarni 60 million evroga sotib olish bandi ham kiritilishi mumkin.

Frantsiyalik futbolchining o‘zi ham qishda klubini almashtirish niyatida. Oldinroq, madridliklar ustozi Diego Simeone Lemar transferi o‘zini oqlamaganini aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!