"Tottenxem" ajoyib transfer amalga oshirishi mumkin

  • 8 noyabr, 2022, 15:13
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

22 yoshli kanadalik hujumchi Jonatan Devid qishda Frantsiyaning "Lill" klubini tark etib, Premer-ligaga o‘tishi mumkin. "Caughtoffside" jurnalistlarining xabar berishicha, hujumchining transferiga "Tottenxem" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Transfer summasi taxminan 45 million evroga baholanmoqda. Joriy mavsumda Jonatan Liga 1da 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi. Futbolchining frantsuz klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Angliya Premer-ligasining 15-turi yakunlariga ko‘ra, “Tottenxem” 26 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!