
To‘rt yulduz “Barsa”dan ish so‘radi
Joriy mavsum tugashi bilan erkin agentga aylanadigan to‘rt nafar futbolchi “Barselona”ga o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda.
Sport nashrining xabar berishicha, “Borussiya” hujumchisi Yussuf Mukoko, “Manchester Yunayted” himoyachisi Diogu Dalot, “Chelsi” yarim himoyachilaridan Jorjino va Ngolo Kante Kataloniyaga ko‘chib o‘tishga tayyor ekanini bildirmoqda.
Bir necha mavsumdan beri moliyaviy muammolarini bartaraf eta olmayotgan “Barselona” keyingi paytda asosan erkin agentlarni ishga olmoqda.
Biroq, shuni ham inobatga olish kerakki, o‘tgan yozda tekinga klubga qo‘shilgan Frank Kesse, Ektor Belerin, Markos Alonso, Andreas Kristensen kabi futbolchilarning harakati bosh murabbiy Xavi Ernandesni qoniqtirmayapti.
Fikrlar