To‘purar legionerimiz halol o‘yin qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi!

  • 17 may, 2022, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Bobur Abduxoliqov oliy liga sakkizinchi tur yakunlariga ko‘ra “Fair Play” sovriniga da’vogarlar qatoriga qo‘shildi.

Tecno

20220502165542

Maxsus sovrin uchun o‘zbek legioneri yana ikki nafar futbolchi – “Shaxtyor” vakili Viktor Sotnikov va “Dinamo-Minks” futbolchisi Vladislav Lojkin bilan raqobatlashmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Sotnikov va Lojkin sakkizinchi turning markaziy uchrashuvi hisoblangan “Shaxtyor” va “Dinamo-Minsk” jamoalarining o‘zaro to‘qnashuvidan keyin yuz bergan mojarolarda ishtirok etmadi, janjallarga aralashmadi va shu bois “halol o‘yin” sovriniga da’vogarlar qatoriga qo‘shildi.

“Energetik-BGU” hujumchisi Bobur Abduxoliqov “Minsk” jamoasiga qarshi bahsda raqib himoyachilari o‘z jarima maydonchasida uning futbolkasidan tortib qolganiga qaramay, yiqilib, penalti so‘rashni o‘ziga ep ko‘rmadi va bu vaziyatda oxirgacha kurashdi. Mazkur bellashuvda “talabalar” raqibni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va gollardan biri o‘zbekistonlik hujumchi hisobga yozildi.  G‘alabadan so‘ng “Energetik-BGU” yana ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ular peshqadam BATEni ta’qib qilishda davom etmoqda.

“Fair Play” nominatsiyasi g‘oliblari Belarus futbolini yoritish bo‘yicha etakchi nashr “Pressbol” gazetasi rasmiy saytida muxlislar ovoz beradigan so‘rovnoma natijalari, shuningdek, sobiq futbolchilar Sergey Gurenko, Vitaliy Kutuzov, Aleksandr Xatskevich, jurnalistlar Vladislav Tatur va Nikolay Ivanovdan tarkib topgan maxsus komissiya ovoziga ko‘ra aniqlanadi.

Rasmiy saytda ovoz berish 19 mayga qadar davom etadi. Hozirgi paytgacha o‘tkazilgan ovoz berish jarayoni natijalariga ko‘ra, so‘rovnomada Bobur Abduxoliqov peshqadamlik qilmoqda. So‘rovnomada qatnashgan muxlislarning 54 foizi halol o‘yinchi sifatida o‘zbekistonlik hujumchini tan olgan.

Keyingi o‘rinda turgan Vladislav Lojkin 28 foiz, Viktor Sotnikov esa 18 foiz ovoz olgan.

Ayni paytda so‘rovnoma davom etmoqda va hujumchimiz Bobur Abduxoliqovni qo‘llab-quvvatlash uchun ushbu LINKda linkda ovoz berishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Bobur Abduxoliqov Belarus chempionati oliy ligasining birinchi turi yakuni bo‘yicha ham “Fair Play” sovrini sohibi bo‘lgan edi.

“Nasaf” tarbiyalanuvchisi hisoblangan 25 yoshli hujumchimizning Belarus chempionatidagi ikkinchi mavsumi juda sermahsul o‘tmoqda. Bobur sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, to‘qqizta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.

Ayni paytda Abduxoliqov to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilyapti. U o‘tgan yili eng ko‘p to‘p kiritgan “Shaxtyor” hujumchisi Dembo Darboni to‘rtta golga ortda qoldirmoqda.

Bundan tashqari, gol-pas tizimida eng ko‘p 11 ball jamg‘argan hamyurtimiz chempionatning eng foydali o‘yinchisi hisoblanadi. Boburning gollari “talabalar”ga “Vitebsk”, “Torpedo-BelAZ”, “Dinamo-Brest”, “Nyoman” va “Minsk” jamoalari ustidan g‘alaba keltirdi.

byede103c15b7

“Energetik-BGU” safida Bobur Abduxoliqovdan tashqari himoyasi Abdulqodir Husanov va yarim himoyasi Shohruhbek Abdurahmonov barcha uchrashuvlarda qatnashib, jamoasining muvaffaqiyatlariga muhim hissa qo‘shyapti.

Muhim gol Shomurodovni qutqara olmadi. Eldor "Roma"dan ketadiganlar ro‘yxatida!

“Roma” Shomurodov o‘rniga olmoqchi bo‘lgan hujumchi raqib jamoani tanladi

Legionerimiz o‘ziga Evropaning kuchli ligalariga yo‘l ochmoqda!

Shomurodov va Peres o‘rniga “Roma” ikkita zo‘r hujumchi olyapti!

Mourino kelishilgan o‘yinlarga ko‘nmadi

“Roma”ning po‘stagini qoqamiz!

Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!