Tokioda Olimpiya o‘yinlarida koronavirusga qarshi kurash tizimi sinovdan o‘tkazildi

  • 19 noyabr, 2020, 12:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Tokioda Olimpiya o‘yinlari paytida koronavirusga qarshi kurash tizimi sinovdan o‘tkazildi. Bu jarayon 32000 tomoshabinga mo‘ljallangan «Yokogama» stadionida tashkil qilindi. Ushbu stadionda Olimpiya o‘yinlari paytida beysbol va softbol bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

Hozirgi paytda Yaponiyadagi barcha sport ob’ektlarida tomoshabinlar eng ko‘pi bilan mavjud o‘rindiqlarning yarmini to‘ldirishlari mumkin. Amalga oshirilgan test stadionga bundan ko‘proq ishqibozlarni joylashtirish mumkinligini sinab ko‘rish maqsadiga yo‘naltirilgan edi. Buning uchun «Yokogama» stadionida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda tomoshabinlarga mavjud o‘rindiqlarning 80 foizini to‘ldirishga ruxsat berildi.

Niqob taqish va muxlislarning harakatlanishi tartibi yuqori quvvatga ega kameralar va maxsus o‘lchagichlar orqali sinchiklab kuzatib borildi. Bundan tashqari, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish choralari sifatida karbonat kislotasi darajasi va shamol tezligi monitoringini amalga oshiradigan qurilmalardan foydalanildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!