"Tokio-2020" uchun litsenziyalarimiz soni yana ortdi!

  • 10 iyun, 2021, 00:39
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Kecha poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha litsenzion Osiyo chempionatiga start berilgan edi. Musobaqaning ushbu dasturida ishtirok etgan qizlarimiz o‘z g‘alabalari bilan yurtdoshlarimizni xushnud etish barobarida Tokio-2020 Olimpiadasi yo‘llanmasiga ham sazovor bo‘lishdi.

Tecno

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, Osiyo chempionatida yakkalik va guruh mashqi bo‘yicha Tokio-2020 yo‘llanmalari o‘ynaladi. Litsenziyalar faqat musobaqa g‘oliblariga taqdim qilinadi. Guruh mashqida ishtirok etgan hamyurtlarimiz 5ta to‘p, shuningdek, 3ta xalqa va 2 juft bulava dasturida raqobatchilarini sezilarli darajada ortda qoldirdi va eng yuqori natijani qayd etdi. Ushbu yo‘nalishda kumush medal Janubiy Koreya terma jamoasi, bronza medali esa tailandlik qizlarga nasib etdi.

Badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati.

Guruh mashqi

1. O‘zbekiston – 83.95

2. Janubiy Koreya – 61.90

3. Tailand – 43.95

Shu tariqa, murabbiy Ekaterina Pirojkova boshchiligidagi Nilufar Shomurodova, Kseniya Aleksandrova, Dinara Ravshanbekova, Sevara Safoeva hamda Kamola Ernazarovadan iborat terma jamoamiz Tokio-2020 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha hamyurtimiz Sabina Toshkenboeva ham yakkalik bahslarida Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga sazovor bo‘lgandi. E’tiborlisi, qizlarimiz badiiy gimnastikaning guruh mashqida ilk marotaba Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Turizm va sport vazirligi ushbu muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi rahbariyati hamda terma jamoamiz qizlarini samimiy muborakbod etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!