Tokio-2020. Uchqun Quronboev va Sherzod Namozovning hal qiluvchi bahsdagi raqiblari ma’lum

  • 27 avgust, 2021, 09:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -66 kg vazn toifasida finalga yo‘l olgan hamyurtimiz Uchqun Quronboev oltin medal uchun kechadigan kurashda ispaniyalik para dzyudochi Serxio Ibanezga qarshi tatamiga chiqadi.

Tecno

-60 kg vazn toifasida bronza medali uchun kechgan kurashda hamyurtimiz Sherzod Namozov mo‘g‘ulistonlik Yadamdor Suxbatarni ippon evaziga 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Sherzod bronza medali uchun bahsda ruminiyalik Aleks Bologaga qarshi tatamiga chiqadi.

Para dzyudo bo‘yicha sovrinli o‘rinlar uchun bellashuvlar bugun Toshkent vaqti bilan soat 12:00 dan so‘ng boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!