
Tokio-2020: Nurxon Qurbonova disk uloqtirish turida finalda ishtirok etdi
Hozirgina Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para engil atletikaning disk uloqtirish turi bo‘yicha F55 klassda hamyurtimiz Nurxon Qurbonova finalda ishtirok etdi.
Afsuski, sportchimizga biroz omad etishmadi. Nurxon Qurbonova 20.40 metr natija bilan 8-o‘rinni band etdi.
Ma’lumot uchun, Nurxon Qurbonova Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yana nayza uloqtirish va yadro uloqtirish turlarida ham ishtirok etadi.
Sportchimizga kelgusi bahslarda omad tilab qolamiz.
Fikrlar